Smartfon bozorida “hamyonbop flagman” segmenti tobora qizib bormoqda. Yangi Vivo X300s va Samsung Galaxy S26 aynan shu toifadagi eng qiziqarli modellardan biri hisoblanadi. Har ikkisi yuqori darajadagi imkoniyatlarni taklif qiladi, biroq ularning yondashuvi butunlay boshqacha.
Dizayn va texnik imkoniyatlar
Smartfon bozorida Vivo X300s va Samsung Galaxy S26 bir xil segmentda bo‘lsa-da, turli yondashuvni taklif qiladi. Galaxy S26 ixcham va yengil korpusga ega. Uni bir qo‘l bilan ishlatish qulay. Vivo X300s esa katta va og‘irroq bo‘lib, ichiga kuchli batareya va kamera joylashtirilgan.

Ekran jihatidan Vivo ustun. U 6,78 dyuymli va 144 Hz displey bilan keladi. Samsung esa 6,3 dyuym va 120 Hz bilan cheklanadi. Qog‘ozda farq sezilarli, ammo kundalik foydalanishda katta tafovut yo‘q.
Protsessorlar ham flagman darajasida. Vivo Dimensity 9500 bilan ishlaydi. Samsung esa Snapdragon yoki Exynos chiplariga ega. Har ikkisi ham tez va barqaror ishlaydi.
Kamera va batareya
Vivo kamera borasida maksimal natijani ko‘zlagan. U 200 MP asosiy sensor, 50 MP periskop va 50 MP ultra keng kamera bilan jihozlangan. Samsung esa kamroq megapiksel bilan ishlaydi, ammo natijalar barqaror va ishonchli.

Batareya masalasida ham Vivo ancha oldinda. X300s 7100 mAh sig‘imga ega va 90 W tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Samsung‘da esa 4300 mAh batareya va 25 W zaryadlash mavjud. Bu esa Vivo‘ni uzoqroq ishlaydigan modelga aylantiradi.
Qaynoq24.uz Samsung Galaxy S25 Ultra smartfoniga yangi kamera funksiyasi qo‘shilgani haqida yozgan edi.

