Redmi K100 Pro Max smartfoni qachon chiqadi

Foto: Gizmochina
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Xiaomi’ning Redmi brendi yangi K100 seriyasini odatdagidan ertaroq taqdim etishi mumkin. Avvalgi ma’lumotlarda Redmi K100 lineykasi Xitoyda avgust oyidayoq namoyish qilinishi aytilgan edi. Biroq seriyadagi eng kuchli model — Redmi K100 Pro Max bu yil emas, 2027-yilning birinchi yarmida chiqishi mumkin.

Digital Chat Station insayderining ma’lum qilishicha, Redmi’ning Qualcomm’ning kelajakdagi Snapdragon 8 Elite Gen 6 flagman chipi bilan jihozlangan smartfoni hozir sinovdan o‘tkazilmoqda. Qurilmaning tijoriy nomi hozircha ochiqlanmagan, biroq u K100 seriyasining eng yuqori modeli bo‘lishi kutilayotgan Redmi K100 Pro Max bo‘lishi mumkin.

Snapdragon 8 Elite Gen 6 chipi TSMC’ning 2 nanometrli N2P texnologiyasi asosida ishlab chiqarilishi taxmin qilinmoqda. U Qualcomm’ning yangi avlod Oryon protsessor arxitekturasiga ega bo‘lishi, tarkibida ikkita asosiy, uchta samarador va uchta energiya tejamkor yadro bo‘lishi kutilmoqda. Avvalgi xabarlarga ko‘ra, asosiy yadrolar chastotasi 5 GGsdan yuqori bo‘lishi mumkin.

Insayderlar Redmi K100 Pro Max’da kuchli sovitish tizimi qo‘llanishini ham aytmoqda. Hatto uzoq muddatli yuqori unumdorlikni saqlash uchun faol sovitish ventilyatori paydo bo‘lishi ehtimoli bor.

Shu bilan birga, Redmi K100 seriyasining ilk modellari — Redmi K100 va Redmi K100 Pro avgust oyida Xitoyda taqdim etilishi mumkin. Ular Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipi bilan jihozlanishi taxmin qilinmoqda.

Seriyaga 185 Gs yangilanish chastotasiga ega displey, 9000 mA/soat sig‘imli akkumulyator, 200 megapikselli asosiy kamera, 50 megapikselli periskop telefoto kamera, 100 Vt simli quvvatlash, simsiz quvvatlash, ekranga o‘rnatilgan ultratovushli barmoq izi skaneri, stereo karnaylar, yirik vibratsiya motori va suvdan himoyalangan korpus berilishi mumkin.

Qaynoq24.uz Redmi Note seriyasi savdolari 500 mln donaga yetgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.