Markaziy bank tomonidan 3-iyul uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammlik oltin quymaning sotish narxi 9 mln 189 ming so‘m etib belgilandi.
10 grammlik oltin quyma 18 mln 378 ming so‘mdan, 20 grammlik quyma 36 mln 757 ming so‘mdan sotilmoqda. 50 grammlik oltin quymaning narxi 91 mln 892 ming so‘mni, 100 grammlik quymaniki esa 183 mln 785 ming so‘mni tashkil qilmoqda.
Qadog‘i but holatda bo‘lgan oltin quymalarni qaytarib sotib olish narxi 5 gramm uchun 7 mln 843 ming so‘m, 10 gramm uchun 15 mln 685 ming so‘m, 20 gramm uchun 31 mln 370 ming so‘m, 50 gramm uchun 78 mln 425 ming so‘m va 100 gramm uchun 156 mln 851 ming so‘m etib belgilangan.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi | Qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish | Qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmasa |
|---|---|---|---|
| 5 gramm | 9 189 000 so‘m | 7 843 000 so‘m | 7 763 000 so‘m |
| 10 gramm | 18 378 000 so‘m | 15 685 000 so‘m | 15 527 000 so‘m |
| 20 gramm | 36 757 000 so‘m | 31 370 000 so‘m | 31 053 000 so‘m |
| 50 gramm | 91 892 000 so‘m | 78 425 000 so‘m | 77 633 000 so‘m |
| 100 gramm | 183 785 000 so‘m | 156 851 000 so‘m | 155 266 000 so‘m |
Qaynoq24.uz 3-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi.


