3-iyul kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘ladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 3-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, dollar kursi 24,58 so‘mga tushib, 11 909,66 so‘mni tashkil etdi.

Yevro kursi 2,99 so‘mga tushib, 13 588,92 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli ham arzonlashdi — uning rasmiy kursi 0,7 so‘mga pasayib, 152,28 so‘m bo‘ldi. Xitoy yuani esa 2,23 so‘mga tushib, 1 754,23 so‘mga tenglashdi.

Shu bilan birga, Britaniya funti 79,39 so‘mga qimmatlab, 15 888,68 so‘mga yetdi. Shveysariya franki 64,56 so‘mga oshib, 14 789,10 so‘mni tashkil etdi. Yaponiya iyenasi esa 0,54 so‘mga ko‘tarilib, 73,88 so‘m bo‘ldi.

Jadval:

ValyutaRasmiy kursO‘zgarish
AQSh dollari11 909,66 so‘m−24,58 so‘m
Yevro13 588,92 so‘m−2,99 so‘m
Rossiya rubli152,28 so‘m−0,70 so‘m
Britaniya funti15 888,68 so‘m+79,39 so‘m
Yaponiya iyenasi73,88 so‘m+0,54 so‘m
Shveysariya franki14 789,10 so‘m+64,56 so‘m
Xitoy yuani1 754,23 so‘m−2,23 so‘m

Qaynoq24.uz nashri 2-iyul kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.