Dang‘arada TET xodimlari fuqaroning 16 mln so‘mini o‘zlashtirgani aniqlandi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Dang‘ara tumanida fuqaroning elektr energiyasi to‘lovi uchun bergan pulini o‘zlashtirgan TET xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Dang‘ara tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Dang‘ara tuman elektr ta’minoti korxonasi muhandisi I.J. va korxonaning sobiq xodimi A.A. o‘zaro til biriktirgani aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, ular fuqaro O.N.ning ishonchiga kirib, uning xonadonidagi elektr energiyasi to‘lovi uchun deb 16 mln so‘m olgan. Shundan so‘ng fuqaroning elektr hisoblagichini TETning «Billing» dasturidan chiqarib yuborgan hamda olingan pullarni abonent hisob raqamiga kirim qilmasdan, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi, ya’ni firibgarlik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.