Vivo‘ning yangi Vivo X500 smartfoni kameralari haqida batafsil ma’lumotlar tarqaldi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda. Weibo‘dagi Digital Chat Station insayderiga ko‘ra, qurilmaning muhandislik namunasi uchta orqa kamera bilan jihozlangan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Vivo X500 asosiy kamera sifatida 50 megapikselli Sony sensorini oladi. Uning o‘lchami 1/1,28 dyuym bo‘lishi aytilmoqda. Bundan tashqari, smartfonga 50 megapikselli ultra keng burchakli kamera hamda 64 megapikselli Sony periskop telefoto kamerasi o‘rnatilishi mumkin. Telefoto modul 1/2 dyuymli sensor va 70 mm ekvivalent fokus masofasiga ega bo‘lishi kutilmoqda.
Insayderning ta’kidlashicha, telefoto makro funksiyasi hozircha tasdiqlanmagan, biroq yakuniy versiyada paydo bo‘lish ehtimoli bor.
Avvalroq Vivo X500 seriyasiga X500e, X500, X500 Pro yoki Pro Mini, X500 Pro Max hamda X500 Ultra modellari kirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. X500e va X500 Ultra kelasi yilning birinchi yarmida taqdim etilishi kutilmoqda. X500, X500 Pro va X500 Pro Max esa Xitoyda shu yil sentabr oyida chiqishi mumkin.
Vivo X500’ning boshqa taxminiy xususiyatlari orasida 6,59 dyuymli OLED displey, 1,5K aniqlik, Dimensity 9500 seriyasidagi chip va 7500 mA·soat sig‘imli akkumulyator tilga olinmoqda. Hozircha smartfonning tezkor quvvatlash imkoniyatlari haqida ma’lumot yo‘q.
Qaynoq24.uz Vivo Pad 5c Snapdragon 8s Gen 3 chipi bilan taqdim etilgani haqida yozgan edi.


