Eng yaxshi ixcham smartfonlar ro‘yxati e’lon qilindi

Foto: Getty Images
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

BGR nashri yil o‘rtasida xarid qilish mumkin bo‘lgan eng yaxshi ixcham smartfonlar ro‘yxatini tuzdi. Mutaxassislar kichik ekranli, lekin kuchli imkoniyatlarga ega beshta modelni ajratib ko‘rsatdi.

Nashr mualliflariga ko‘ra, avval katta hisoblangan smartfonlar hozir bozorda odatiy o‘lchamga aylangan. Shu sababli kichik telefonlar kamroq ishlab chiqarilmoqda. Bu esa yaxshi ixcham smartfon tanlashni qiyinlashtiradi.

Ro‘yxatda birinchi bo‘lib Google Pixel 10 Pro qayd etildi. Smartfon 6,3 dyuymli LTPO OLED displeyga ega. Unda 16 Gb tezkor xotira va uch modulli kamera tizimi mavjud. BGR iPhone 17 modelini ham yaxshi ixcham smartfonlardan biri deb atadi. Qurilma 6,3 dyuymli ekran, 120 Hz yangilanish chastotasi va 48 megapikselli kamera bilan jihozlangan. Uning minimal xotira hajmi 256 Gbni tashkil etadi.

Foto: shutterstock

Samsung Galaxy S25 ham ro‘yxatdan joy oldi. Mutaxassislar uni Samsung‘ning eng ixcham smartfonlaridan biri sifatida baholagan. U Galaxy S26’dan kichikroq bo‘lsa-da, texnik imkoniyatlar bo‘yicha undan keskin ortda qolmasligi aytilmoqda. Galaxy S25’ning yana bir afzalligi uzoq muddatli dasturiy qo‘llab-quvvatlashdir. Nashrga ko‘ra, smartfon olti yil davomida yangilanishlarni oladi.

Apple’ning kichik va nisbatan arzon modeli sifatida iPhone 17e tanlandi. Qurilma 6,1 dyuymli ekranga ega. U ixcham iPhone izlayotgan xaridorlar uchun mos variant sifatida ko‘rsatilgan.

Ro‘yxatga Motorola Razr Ultra buklama smartfoni ham kiritildi. Qurilma asosiy 7 dyuymli ekran va 4 dyuymli qo‘shimcha displeyga ega. Buklama formati sababli u katta ekranli bo‘lsa ham, yopiq holatda ixcham ko‘rinadi. Avvalroq CNet mutaxassislari eng yaxshi Samsung smartfonlari ro‘yxatini e’lon qilgan edi. Unda Galaxy S26 Ultra va Galaxy S25 yetakchi modellar sifatida qayd etilgan.

Qaynoq24.uz Honor 500 smartfoni haqida maqola e’lon qilgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.