Buxoro viloyatida fuqarolarni Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilib, ulardan pul olgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro B.R. uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zini ko‘p yillardan beri Germaniyaga ishlash uchun borib-kelib yurgan shaxs sifatida tanishtirgan. U yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqarolarni Germaniyaga yuborishini va’da qilgan.
Shu yo‘l bilan u jabrlanuvchilardan jami $19,8 ming va 2 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi — firibgarlik hamda 28, 211-moddasi — pora berishga suiqasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz nashri Qashqadaryo va Toshkentda giyohvandlik vositalari musodara qilingani haqida yozgan edi.


