Qashqadaryo va Toshkentda giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Foto: DXX
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

“Qoradori – 2026” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahrida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Natijada yirik miqdordagi kannabis o‘simliklari hamda qariyb 2 kg gashish moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Shahrisabz shahrida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan fuqaroning xonadoni tekshirildi.

Foto: DXX

Tekshiruvda fuqaro yashash xonadoni hovlisidagi 5,3 sotix yer maydonida issiqxona tashkil qilgani aniqlandi. Issiqxona ko‘zdan kechirilganda, u yerda kelgusida sotish maqsadida 714 tup kannabis o‘simligi ekilib, parvarishlab kelingani ma’lum bo‘ldi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, aniqlangan kannabis o‘simliklarining sof og‘irligi 201 kgni tashkil etgan.

Boshqa holat Toshkent shahrida qayd etildi. Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi, 1966-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro Yunusobod tumani hududida harakatlanayotgan vaqtida DXX va bojxona idoralari xodimlari tomonidan to‘xtatilib, tekshiruvdan o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida uning qo‘lidagi sellofan paket ichidan 1 kg 994 gr gashish moddasi topildi. Ushbu giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan mazkur giyohvandlik moddasini Toshkent shahrida sotishni rejalashtirgan.

Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Samarqandda noqonuniy tuproq qazib olish fosh etilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.