Samarqandda 11 ta metan zapravkaga jarima qo‘llandi

Foto: xs
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Samarqand viloyatida 11 ta metan zapravkaga narxni sun’iy oshirgani uchun jarima solindi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, holat Payariq tumanida aniqlangan. Aholi metan narxining asossiz oshgani va qo‘shni hududlarga nisbatan qimmatligi bo‘yicha murojaat qilgan. Tekshiruv davomida 12 ta zapravkadan 11 tasi 5-yanvardan boshlab narxni bir xil miqdorda oshirgani aniqlangan. Ular gaz narxini har kub metr uchun 300 so‘mga ko‘targan.

Zapravkalar 8 ta kompaniyaga tegishli. Ular orasida “Temur-Bek”, “Sadaf Agro Servis”, “Raqobat Eko Gaz Servis”, “Jahongir Prestij” va boshqa korxonalar bor. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, ushbu zapravkalardagi narxlar qo‘shni tumanlarga nisbatan ham yuqori bo‘lgan. Bu esa kelishilgan holda narx oshirish ehtimolini kuchaytirgan.

Qo‘mita ushbu kompaniyalarga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 19-moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi. Ushbu modda anti-raqobat harakatlarni taqiqlaydi. Tekshiruv yakunida barcha korxonalarga moliyaviy jarima qo‘llandi. Shuningdek, ularga qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berildi.

Qaynoq24.uz yanvar oyida Metan “zapravkalar” faoliyatiga yana cheklov kiritilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.