Markaziy bank tomonidan 2-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, dollar 75,03 so‘mga arzonlab, 11 934,24 so‘mni tashkil etdi.
Yevro kursi ham sezilarli pasaydi. Yevropa valyutasi 96,26 so‘mga tushib, 13 591,91 so‘m bo‘ldi. Britaniya funti 87,38 so‘mga arzonlab, 15 809,29 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,77 so‘mga pasayib, 152,98 so‘mni tashkil qildi. Yaponiya iyenasi 0,66 so‘mga arzonlab, 73,34 so‘mga teng bo‘ldi. Shveysariya franki 109,04 so‘mga tushib, 14 724,54 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani ham pasaygan valyutalar qatoridan joy oldi. Yuan kursi 13,38 so‘mga arzonlab, 1 756,46 so‘m bo‘ldi.
Qaynoq24.uz 1-iyul kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.


