Markaziy bank tomonidan 1-iyul uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quyma 9 242 000 so‘mdan sotilmoqda.
Uni qadog‘i but holatda 7 728 000 so‘mdan, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmagan holatda esa texnik ekspertizadan so‘ng 7 650 000 so‘mdan qaytarib sotib oladi.
10 grammli oltin quymaning sotish narxi 18 484 000 so‘mni tashkil etdi. Uni qaytarib sotib olish narxi qadog‘i but holatda 15 455 000 so‘m, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmagan holatda 15 299 000 so‘m etib belgilangan.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi | Qaytarib sotib olish narxi — qadog‘i but | Qaytarib sotib olish narxi — qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos emas |
|---|---|---|---|
| 5 gramm | 9 242 000 so‘m | 7 728 000 so‘m | 7 650 000 so‘m |
| 10 gramm | 18 484 000 so‘m | 15 455 000 so‘m | 15 299 000 so‘m |
| 20 gramm | 36 968 000 so‘m | 30 911 000 so‘m | 30 599 000 so‘m |
| 50 gramm | 92 421 000 so‘m | 77 277 000 so‘m | 76 497 000 so‘m |
| 100 gramm | 184 841 000 so‘m | 154 555 000 so‘m | 152 994 000 so‘m |
Qaynoq24.uz 1-iyul kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.


