13-iyul kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘ladi

Foto: depositphotos.com
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 13-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 63,77 so‘mga qimmatlab, 12 075,98 so‘mni tashkil etdi.

Yevro kursi ham o‘sdi. Yevropa valyutasi 69,27 so‘mga ko‘tarilib, 13 800,43 so‘mga yetdi. Britaniya funt sterlingi 81,91 so‘mga mustahkamlanib, 16 193,89 so‘m etib belgilandi.

Shveysariya franki 79,03 so‘mga qimmatlab, 14 965,89 so‘mni tashkil qildi. Xitoy yuani esa 13,92 so‘mga oshib, 1 782,01 so‘mga yetdi.

Yapon iyenasi kursi ham 0,65 so‘mga ko‘tarilib, 74,62 so‘mni tashkil etdi. Rossiya rubli esa asosiy valyutalar orasida pasaygan yagona pul birligi bo‘ldi. Uning kursi 0,82 so‘mga tushib, 157,32 so‘m etib belgilandi.

Qaynoq24.uz 10-iyul kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.