Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosida bir necha shaxs ushlandi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida fuqarolar B.B. va M.A. 50 dona “Gabatеn” dori vositasini sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Shunga o‘xshash holat Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida ham qayd etildi. Bu yerda fuqarolar U.S., A.G. va A.K. 46 dona “Zardex” nomli kuchli ta’sir qiluvchi preparatni sotayotgan paytda qo‘lga olindi.

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida esa yana bir holat fosh etildi. Fuqaro S.A. boshqaruvidagi “Onix” rusumli avtomobil ko‘zdan kechirilganda, salonidan 930 dona kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bor vositalar savdo qilish maqsadida olib kelingani aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Andijon va Jizzaxda gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.