Andijon va Jizzaxda gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament ma’lum qildi.
Andijon shahrida o‘tkazilgan tekshiruvda YATT “X.D.” va boshqalar “Ekin-tekin” MFY hududidagi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, tijorat maqsadida foydalangani aniqlangan. Natijada 169,5 mln so‘mlik gaz noqonuniy ishlatilgani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani da fuqaro P.M. “Yoshlik” MFY hududidagi novvoyxonada gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 134,8 mln so‘mlik gazdan foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Qaynoq24.uz Chirchiqda profilaktika inspektori qo‘lga olingani haqida yozgan edi.

