Samsung kompaniyasi tomonidan yangi Samsung Galaxy F70 Pro smartfoni ishlab chiqilishni davom etmoqda. Qurilma bozorga chiqishga yana bir qadam yaqinlashdi.
Manbalarga ko‘ra, smartfon uchun firmware kompaniya serverida paydo bo‘lgan. Bu esa model allaqachon sinovdan o‘tayotganini yoki dasturiy ta’minot tekshiruvlari boshlanganini ko‘rsatadi. Firmware versiyasi E476BXXU0AZD5 deb belgilangan.
Hozircha qurilmaning texnik xususiyatlari oshkor qilinmagan. Oldingi sizib chiqqan ma’lumotlarda ham smartfon haqida aniq tafsilotlar berilmagan edi. Shuningdek, Samsung modelni qachon taqdim etishi ham noma’lum. Biroq kompaniya odatda yangi smartfonlari haqida taqdimot oldidan ko‘proq ma’lumotlar chiqishi bilan mashhur.
Qaynoq24.uz nashri Samsung Galaxy S27 Ultra smartfoni haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.

