Samsung Galaxy S25 Ultra smartfoniga yangi kamera funksiyasi qo‘shildi

Foto: Samsung
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Samsung Galaxy S25 Ultra smartfoni uchun yangi kamera funksiyasi — Ocean Mode taqdim etildi. Bu imkoniyat One UI 8.5 beta versiyasida Expert RAW ilovasi yangilanishi orqali paydo bo‘lgan.

Ocean Mode aslida kompaniya tomonidan bir necha yil avval marjon riflarini tiklash loyihalari uchun yaratilgan edi. Dastlab keng omma uchun mo‘ljallanmagan bu funksiya endi foydalanuvchilarga ham taqdim etilmoqda.

Yangi rejim suv ostida suratga olishda yuzaga keladigan rang va tasvir buzilishlarini maxsus algoritmlar yordamida tuzatadi. Natijada foydalanuvchilar aniqroq va tabiiyroq surat hamda video olish imkoniga ega bo‘ladi. Ushbu texnologiya ilgari dengiz tubini xaritalash va riflarni monitoring qilishda ham qo‘llangan.

Hozircha Ocean Mode Galaxy S25 Ultra’da sinov tariqasida paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, ekspertlar bu imkoniyat Galaxy S24 Ultra modeliga ham kelishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Chunki mazkur funksiya aslida shu qurilma uchun ishlab chiqilgan.

Yangi funksiya yozgi mavsum arafasida ayniqsa suv osti suratga olishni yoqtiradigan foydalanuvchilar uchun foydali bo‘lishi kutilmoqda. Biroq ishlab chiqaruvchi muhim ogohlantirishni ham eslatdi.

Ocean Mode faqat kamera imkoniyatlarini yaxshilaydi. U smartfonning suvga chidamliligini oshirmaydi. Samsung qurilmalari asosan toza suv uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sho‘r yoki xlorli suv korpusga zarar yetkazishi mumkin.

Qaynoq24.uz Samsung Messages ilovasi nega yopilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.