Aviayoqilg‘i narxi Yaqin Sharqdagi vaziyat yumshashi fonida keskin arzonlashdi

Foto: iStock
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Yaqin Sharqdagi keskinlik pasayishi va Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan neft eksporti qayta tiklanishi ehtimoli fonida aviayoqilg‘i narxi sezilarli darajada tushdi.

Bu aviakompaniyalar uchun muhim yengillik bo‘lishi mumkin, chunki so‘nggi oylarda yoqilg‘i taqchilligi sabab minglab reyslar bekor qilingan edi. Financial Times’ning Argus Media ma’lumotlariga tayanib yozishicha, Shimoli-g‘arbiy Yevropada aviayoqilg‘i narxi bir tonna uchun 957 dollargacha pasaydi. Bu aprel boshidagi eng yuqori ko‘rsatkichga nisbatan qariyb 50 foiz arzon.

Singapurda aviayoqilg‘i narxi Erondagi urush boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi. AQShning Meksika ko‘rfazi sohilida esa mart oyidan buyon eng past ko‘rsatkich qayd etildi.

Narxlarning pasayishiga AQSh va Eron o‘rtasidagi sulh hamda Hormuz bo‘g‘ozi orqali energiya tashuvchilari yetkazib berilishi qayta tiklanishi mumkinligi sabab bo‘lmoqda. Treyderlar Yaqin Sharqdan to‘xtab qolgan yoqilg‘i partiyalari taxminan 30 kun ichida bozorga chiqishi mumkinligini aytmoqda.

Avvalroq Hormuz bo‘g‘ozi yopilishi ortidan aviayoqilg‘i narxi ikki baravardan ko‘proqqa oshgan edi. Aprelda Xalqaro energetika agentligi Yevropada aviakerosin zaxiralari taxminan olti haftaga yetishini ogohlantirgan.

Yoqilg‘i tanqisligi aviakompaniyalar faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.

Lufthansa may–oktabr oylarida 20 ming reysni bekor qildi, Delta Air Lines esa tashuvlar hajmini 3,5 foizga qisqartirdi. Aviakompaniya rahbarlari narxlar yuqori saqlansa, qishda parvozlar yanada ko‘proq qisqarishi va sohada ishdan bo‘shatishlar boshlanishi mumkinligini bildirgan edi.

Shunga qaramay, tahlilchilar xavf to‘liq bartaraf etilmaganini aytmoqda. Argus Media eksperti Ammar Xanning fikricha, Yevropada aviakerosin zaxiralari hanuz juda past va ta’minotdagi uzilishlar xavfi saqlanib qolmoqda.

Qaynoq24.uz AQSh va Eron kelishuvi ortidan neft narxi pasaygani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.