“Mahalla yettiligi” kafillikka olingan shaxslarni qayta tarbiyalashga mas’ul bo‘ladi

Foto: Kontent tayyorlash markazi
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

“Mahalla yettiligi” kafillikka olingan shaxslarni qayta tarbiyalash va bandligini ta’minlashga mas’ul bo‘ladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman va shahar bo‘limlariga mahallalardagi muammolarni tizimli tahlil qilish huquqi beriladi.

Shuningdek, ular mas’ul idoralar o‘rtasida hamkorlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish, hududiy dasturlarni tayyorlash va ularning ijrosini nazorat qilishda ishtirok etadi.

Kafillikka olingan shaxslar bilan ishlash tartibi belgilanadi

Farmonda mahallada yashovchi va birinchi marta ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan fuqarolar bilan ishlash masalasi ham belgilangan.

Bunday holatlarda fuqaroning oilaviy sharoitidan kelib chiqib, fuqarolar yig‘ini kengashining kollegial qarori asosida shaxsga nisbatan yengillik berish to‘g‘risida murojaat qilinishi mumkin. Agar ushbu murojaat sud-tergov organlari tomonidan qanoatlantirilsa, shaxs “mahalla yettiligi” kafilligiga olinadi.

Agar kafillikka olingan shaxs 3 yil davomida jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etmasa, uni tarbiyalashda faollik ko‘rsatgan “mahalla yettiligi” a’zosini qo‘shimcha rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining tuman va shahar bo‘limi boshliqlariga ham qo‘shimcha vakolat berilmoqda.

Ular “mahalla yettiligi” faoliyatiga aralashganlik yoki ularni xizmat vazifalari bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etganlik holatlari bo‘yicha tuman va shahar hokimlariga taqdimnomalar kiritishi mumkin.

Qaynoq24.uz endi mahallalar mas’ul rahbarlarga nomma-nom biriktirilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.