Markaziy bank tomonidan 26-iyun uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quymaning sotish narxi 9 mln 205 ming so‘m etib belgilandi.
10 grammli oltin quyma 18 mln 410 ming so‘mdan, 20 grammlik quyma esa 36 mln 820 ming so‘mdan sotilmoqda. 50 grammli oltin quymaning sotish narxi 92 mln 51 ming so‘mni, 100 grammli quymaniki esa 184 mln 101 ming so‘mni tashkil etdi.
Qaytarib sotib olish narxlari quymaning qadog‘i holatiga qarab farqlanadi. Qadog‘i but holatda bo‘lgan 5 grammli oltin quyma 7 mln 658 ming so‘mdan, 10 grammli quyma 15 mln 316 ming so‘mdan, 20 grammli quyma 30 mln 632 ming so‘mdan qaytarib sotib olinadi.
50 grammli quymaning qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi 76 mln 580 ming so‘mni, 100 grammli quymaniki esa 153 mln 160 ming so‘mni tashkil qiladi.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi | Qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi | Qadog‘i buzilgan holatda qaytarib sotib olish narxi |
|---|---|---|---|
| 5 gramm | 9 205 000 so‘m | 7 658 000 so‘m | 7 581 000 so‘m |
| 10 gramm | 18 410 000 so‘m | 15 316 000 so‘m | 15 161 000 so‘m |
| 20 gramm | 36 820 000 so‘m | 30 632 000 so‘m | 30 323 000 so‘m |
| 50 gramm | 92 051 000 so‘m | 76 580 000 so‘m | 75 806 000 so‘m |
| 100 gramm | 184 101 000 so‘m | 153 160 000 so‘m | 151 613 000 so‘m |
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, oltin quymalar narxlari kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Qaynoq24.uz 26-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.


