Markaziy bank tomonidan 30-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, dollar kursi 51,55 so‘mga ko‘tarilib, 12 060,84 so‘mni tashkil etdi. Yevro 55,18 so‘mga qimmatlab, 13 754,18 so‘mga yetdi. Rubl kursi esa 0,26 so‘mga oshib, 155 so‘m bo‘ldi.
Shuningdek, funt sterling 65,74 so‘mga ko‘tarilib, 15 943,22 so‘mni tashkil qildi. Yaponiya iyenasi 0,19 so‘mga oshib, 74,50 so‘mga, Shveysariya franki 54,56 so‘mga qimmatlab, 14 913,86 so‘mga yetdi. Xitoy yuani ham 8,60 so‘mga oshib, 1775,14 so‘m bo‘ldi.
Qaynoq24.uz 29-iyun kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.


