Markaziy bank tomonidan 24-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 26,78 so‘mga qimmatlashib, 12 017,04 so‘mni tashkil etdi.
Yevro esa pasayish qayd etdi. Yevropa valyutasi 25,8 so‘mga arzonlashib, 13 712,64 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli ham 1,6 so‘mga tushib, 160,63 so‘m etib belgilandi.
Britaniya funt sterlingi 36,63 so‘mga oshib, 15 898,54 so‘mga yetdi. Yaponiya iyenasi 0,33 so‘mga qimmatlashib, 74,46 so‘mni tashkil qildi.
Shveysariya franki 7,26 so‘mga pasayib, 14 839,52 so‘m bo‘ldi. Xitoy yuani esa 1,68 so‘mga oshib, 1 771,59 so‘m etib belgilandi.
Qaynoq24.uz 23-iyun kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.


