Buxoroda 746 mln so‘mlik qum-shag‘al noqonuniy qazib olingani aniqlandi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Buxoro viloyatida qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holati fosh etildi. Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘ijduvon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “M.M.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari G‘ijduvon tumanidagi “Xalqobod” massivida joylashgan yaylov yer maydonidan o‘zboshimchalik bilan qum-shag‘al aralashmasini qazib olgan.

Tekshiruv davomida ushbu hududdan jami 785,7 kub metr qum-shag‘al aralashmasi ruxsatsiz qazib olingani aniqlangan. Natijada davlat va jamiyat manfaatlariga 746,4 mln so‘mlik zarar yetkazilgani qayd etilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 196-1-moddasi, ya’ni foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda ish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Sirdaryoda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.