O‘zbekistonda “Rektorlar maktabi” dasturi ishga tushiriladi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistondagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida “Rektorlar maktabi” dasturi ishga tushiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Mazkur dastur 2026-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritiladi. Uning asosiy maqsadi davlat oliy ta’lim muassasalari uchun rektor va direktor lavozimiga munosib nomzodlar zaxirasini shakllantirishdan iborat. Shu orqali ta’lim tizimida professional va zamonaviy fikrlaydigan rahbarlarni tayyorlash rejalashtirilgan.

Dasturga nomzodlar ochiq tanlov asosida qabul qilinadi. Qatnashish uchun nomzod 30 yoshga to‘lgan bo‘lishi, kamida magistr darajasiga ega bo‘lishi hamda oliy ta’lim sohasida 5-yil ish tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, ular kamida 2-yil rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi kerak.

O‘quv jarayonida tinglovchilar zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini egallaydi. Ular akademik va moliyaviy boshqaruv, ilmiy va innovatsion faoliyatni tashkil etish, sun’iy intellekt va raqamlashtirish, shuningdek strategik boshqaruv va transformatsiya yo‘nalishlarida bilimlarini oshiradi.

Dastur 6 oygacha davom etadi va onlayn hamda oflayn shaklda o‘tkaziladi. Har yili unga 80 nafar tinglovchi qabul qilinishi belgilangan.

Dastur yakunida eng yaxshi natija ko‘rsatgan 40 nafargacha ishtirokchi xorijiy nufuzli universitetlarda, jumladan AQSHdagi Garvard universitetida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa mahalliy ta’lim tizimiga xalqaro tajriba va ilg‘or yondashuvlarni olib kirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Qaynoq24.uz 10 ta universitetga yangi maqom berilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.