Sirdaryoda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Foto: iStock
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Sirdaryo viloyatida fuqaroni Koreya Respublikasiga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi.

Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro T.N. fuqaro D.Q.ni Migratsiya agentligida ishlovchi tanishlari orqali Koreyaga ishga yuborishini aytgan. U buning evaziga 6 ming AQSh dollari so‘ragani qayd etilmoqda.

Tezkor tadbir davomida T.N. kelishilgan pulning 2 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Qayd etilishicha, mazkur shaxs ilgari Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan sudlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi, ya’ni firibgarlik hamda 28, 211-moddasi, ya’ni pora berishga suiqasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda mazkur ish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz uch hududda energiya resurslari va ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.