Toshkentda yozning issiq kunlarida jamoat transportida yo‘lovchilar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida avtobus va elektrobuslardagi harorat nazorati kuchaytirildi. Bu bo‘yicha topshiriq transport vaziri tomonidan berilgan.
Yangi talablarga ko‘ra, havo harorati +28 darajadan oshganda avtobus va elektrobuslarda sovitish tizimlari yoqilgan bo‘lishi kerak. Transport vositasi salonidagi harorat esa +26 darajadan yuqori bo‘lmasligi lozim.
Ushbu qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish uchun maxsus ishchi guruh tuzildi. Transport xizmatlari vakillari va «Toshshahartransxizmat» kompaniyasi xodimlari yo‘nalishlarda tekshiruvlar o‘tkazib, tashuvchilar belgilangan me’yorlarga amal qilayotganini nazorat qilmoqda.
Mas’ullar bu chora yoz mavsumida yo‘lovchilarning avtobuslarda ortiqcha noqulayliksiz harakatlanishini ta’minlashga qaratilganini bildirdi.
Qaynoq24.uz Toshkentda avtobus urib yuborgan piyoda halok bo‘lgani haqida yozgan edi.


