23-iyun kuni oltin quymalari qanday narxda sotiladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 23-iyun uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quymasi 9 mln 242 ming so‘mdan sotilmoqda.

20 grammli oltin quymasining sotish narxi 36 mln 968 ming so‘m etib belgilandi. 50 grammli quyma 92 mln 420 ming so‘mdan, 100 grammli oltin quymasi esa 184 mln 839 ming so‘mdan sotuvga qo‘yilgan.

Qadog‘i but holatdagi oltin quymalarni qaytarib sotib olish narxlari ham e’lon qilindi. 5 grammli quyma 8 mln 54 ming so‘mga, 10 grammli quyma 16 mln 108 ming so‘mga, 20 grammli quyma 32 mln 217 ming so‘mga baholandi.

Jadval:

Og‘irligiSotish narxiQaytarib sotib olish narxi, qadog‘i butQadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmasa
5 gramm9 242 000 so‘m8 054 000 so‘m7 973 000 so‘m
10 gramm18 484 000 so‘m16 108 000 so‘m15 946 000 so‘m
20 gramm36 968 000 so‘m32 217 000 so‘m31 891 000 so‘m
50 gramm92 420 000 so‘m80 542 000 so‘m79 728 000 so‘m
100 gramm184 839 000 so‘m161 084 000 so‘m159 456 000 so‘m

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Qaynoq24.uz 23-iyun kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.