Ispaniyada sobiq vazir korrupsiya uchun 24 yilga qamaldi

Foto: EFE
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Ispaniya Oliy sudi sobiq transport vaziri va sotsialistlar partiyasining sobiq yetakchilaridan biri Xose Luis Abalosni korrupsiya ishi bo‘yicha 24 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

EFE ma’lumotiga ko‘ra, sud sobiq vazirning maslahatchisi Koldo Garsiyani ham 19 yil 8 oyga ozodlikdan mahrum qilgan. Shu bilan birga, uning jazoni o‘tash muddati amalda 15 yil bilan cheklangan. Ishdagi uchinchi ayblanuvchi, vositachi Viktor de Aldama esa pora berganini tan olgani uchun 4,5 yilga hukm qilindi, biroq jazoni ijro etish to‘xtatib qo‘yildi.

Sud qarorida Xose Luis Abalos va Koldo Garsiya jinoiy tashkilot tuzish, poraxo‘rlik, mablag‘larni talon-toroj qilish va ta’sir doirasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq jinoyatlarda javobgar deb topilgani qayd etildi. Sud ularning harakatlari siyosiy tizimga bo‘lgan jamoatchilik ishonchiga jiddiy zarar yetkazganini ta’kidladi.

Viktor de Aldama prokuratura bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘lgan. Sud uning ko‘rsatmalari tergov uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lganini qayd etdi. Qarorda tadbirkor o‘zini oqlashga urinmagani va voqealarga aloqadorligini tan olgani aytiladi.

Sud ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq vazir davlat buyurtmalarini ajratish evaziga faqat pul emas, balki Madrid va O‘rta yer dengizi bo‘yidagi kurort hududlarida kvartiralar shaklida ham pora olgan.

Qaynoq24.uz Ispaniyada 750 mingta uy yetishmayotgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.