Markaziy bank tomonidan 23-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 62,28 so‘mga qimmatlab, 12 048,84 so‘mni tashkil etdi. Avvalgi kurs 11 986,56 so‘m edi.
Yevro kursi ham 50,05 so‘mga ko‘tarilib, 13 741,70 so‘mga yetdi. Rossiya rubli 0,79 so‘mga mustahkamlanib, 152,88 so‘mdan belgilandi.
Britaniya funt sterlingi 14,35 so‘mga oshib, 16 109,30 so‘mni tashkil qildi. Yaponiya iyenasi 0,21 so‘mga qimmatlab, 73,90 so‘mga, Shveysariya franki esa 28,38 so‘mga ko‘tarilib, 14 827,52 so‘mga yetdi.
Xitoy yuani kursida ham o‘sish kuzatildi. U 7,33 so‘mga qimmatlab, 1 779 so‘mni tashkil etdi. Shu tariqa e’lon qilingan barcha asosiy xorijiy valyutalar so‘mga nisbatan mustahkamlandi.
Qaynoq24.uz 22-iyul kuni oltin quymalari qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.


