Markaziy bank tomonidan 21-may kuni uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammlik oltin quymaning sotish narxi 9,643 mln so‘m etib belgilandi.
Uning qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi 8,601 mln so‘mni tashkil etdi. Qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmagan holatda esa narx 8,514 mln so‘m bo‘ladi. 10 grammlik quymaning sotish narxi 18,54 mln so‘mga teng. Markaziy bank uni qadog‘i but holatda 17,202 mln so‘mdan, qadog‘i buzilgan holatda esa 17,028 mln so‘mdan qaytarib sotib oladi.
20 grammlik oltin quymaning sotish narxi 36,558 mln so‘mni tashkil etdi. Uning but qadoqdagi qaytarib sotib olish narxi 34,404 mln so‘m, texnik talablarga mos kelmagan holatdagi narxi esa 34,056 mln so‘m etib belgilandi.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi | Qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi | Qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmagan holatda |
|---|---|---|---|
| 5 gramm | 9 643 000 so‘m | 8 601 000 so‘m | 8 514 000 so‘m |
| 10 gramm | 18 540 000 so‘m | 17 202 000 so‘m | 17 028 000 so‘m |
| 20 gramm | 36 558 000 so‘m | 34 404 000 so‘m | 34 056 000 so‘m |
| 50 gramm | 90 093 000 so‘m | 86 010 000 so‘m | 85 141 000 so‘m |
| 100 gramm | 178 969 000 so‘m | 172 019 000 so‘m | 170 281 000 so‘m |
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, narxlar xalqaro qimmatbaho metallar bozoridagi vaziyatdan kelib chiqib, kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Qaynoq24.uz 21-may uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

