21-may kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘ladi

Foto: Pexels / Engin Akyurt
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 21-may uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 20,37 so‘mga qimmatlab, 12 076,18 so‘mni tashkil etdi.

Yevro esa pasaydi. Uning kursi 13,76 so‘mga tushib, 13 995,09 so‘m bo‘ldi. Britaniya funti ham 2,88 so‘mga arzonlab, 16 161,55 so‘m darajasida belgilandi.

Rubl kursida o‘sish kuzatildi. Rossiya valyutasi 0,41 so‘mga qimmatlab, 169,47 so‘mga yetdi. Yaponiya iyenasi ham 0,14 so‘mga oshib, 75,92 so‘mni tashkil qildi.

Shveysariya franki eng katta pasayishni qayd etdi. Uning kursi 38,16 so‘mga arzonlab, 15 276,64 so‘m bo‘ldi. Xitoy yuani esa 3,74 so‘mga ko‘tarilib, 1 774,86 so‘m etib belgilandi.

Jadval:

ValyutaKursO‘zgarish
AQSh dollari12 076,18 so‘m+20,37 so‘m
Yevro13 995,09 so‘m-13,76 so‘m
Rubl169,47 so‘m+0,41 so‘m
Britaniya funti16 161,55 so‘m-2,88 so‘m
Yaponiya iyenasi75,92 so‘m+0,14 so‘m
Shveysariya franki15 276,64 so‘m-38,16 so‘m
Xitoy yuani1 774,86 so‘m+3,74 so‘m

Qaynoq24.uz 20-may kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.