Vivo X500 seriyasi qanday imkoniyatlar bilan chiqadi

Foto: Gizchina
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Vivo kompaniyasi X500 seriyasini avvalgi avlodga qaraganda ertaroq taqdim etishi mumkin. Yangi lineykaga Vivo X500, X500 Pro va X500 Pro Max modellari kirishi kutilmoqda.

GizmoChina xabariga ko‘ra, eng katta e’tibor X500 Pro Max modeliga qaratilmoqda. Yangi ma’lumotlarda ushbu smartfon 8 000 mA/soatdan katta batareya bilan sinovdan o‘tayotgani aytilgan. Hozircha bu yakuniy texnik yechim emas. Manbaga ko‘ra, Vivo qurilmaning ichki tuzilmasi ustida ishlashda davom etmoqda. Kompaniya final versiyada belgilangan batareya sig‘imiga erishishni maqsad qilgan.

Vivo X500 Pro Max X300 seriyasida bo‘lmagan yangi model bo‘lishi kutilmoqda. Smartfon 6,85 dyuymli OLED displeyga ega bo‘lishi mumkin. Ekran 2K aniqlikni qo‘llab-quvvatlashi aytilmoqda. Qurilma MediaTek’ning yangi avlod 2 nanometrli chipseti bilan jihozlanishi mumkin. Bu Dimensity 9600 Pro bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Avvalgi ma’lumotlarda X500 seriyasidagi barcha modellar yuqori zichlikdagi 7 000 mA·soatdan katta batareyalar olishi aytilgan edi. Bu X300 seriyasiga nisbatan sezilarli yangilanish bo‘ladi. Taqqoslash uchun, Vivo X300 modeli 6 040 mA/soat batareyaga ega. X300 Pro‘da esa 6 510 mA·soatlik akkumulyator o‘rnatilgan. Xitoyda yaqinda taqdim etilgan X300s modeli 7 100 mA·soat batareya bilan chiqqan.

Xabarlarga ko‘ra, Vivo X500 modeli 6,59 dyuymli displeyga ega bo‘lishi mumkin. Vivo X500 Pro esa 6,37 dyuymli ekran bilan chiqarilishi kutilmoqda. Har ikki model Dimensity 9600 seriyasidagi chipsetlar bilan jihozlanishi mumkin.

Hozircha Vivo X500 seriyasining rasmiy taqdimot sanasi e’lon qilinmagan. Ammo yangi sizib chiqqan ma’lumotlar kompaniya katta batareyali flagman smartfonlar ustida ishlayotganini ko‘rsatmoqda.

Qaynoq24.uz Vivo S60 7200 mA/soat batareya bilan chiqishi kutilayotgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.