Aroqchi Eronga qarshi yangi urush bo‘lsa, javoblar yanada kutilmagan bo‘lishini aytdi

Foto: RIA
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi mamlakatga qarshi yangi harbiy harakatlar Tehron tomonidan yanada kuchli javobga uchrashini aytdi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

Aroqchining ta’kidlashicha, Eron qurolli kuchlari AQSh va Isroil bilan kechgan harbiy qarama-qarshilik vaqtida muhim tajriba orttirgan. Uning aytishicha, Eronga qarshi urushga qaytilsa, Tehron “yanada ko‘proq kutilmagan javoblar” beradi.

“Eronga qarshi urush boshlanganidan bir necha oy o‘tib, AQSh Kongressi milliardlab dollarlik o‘nlab samolyotlar yo‘qotilganini tan oldi”, dedi Aroqchi.

U Eron qurolli kuchlari ilg‘or F-35 qiruvchi samolyotini urib tushirganini ham iddao qildi. Biroq bu bayonot bo‘yicha mustaqil tasdiqlangan ma’lumot keltirilmagan. Aroqchi Eron armiyasi urush davomida olingan saboqlar va yangi tajribalar asosida harakat qilishini bildirdi. Uning ogohlantirishicha, Eronga qarshi harbiy qarama-qarshilik qayta boshlansa, vaziyat avvalgidan ham keskin tus olishi mumkin.

Eron rasmiysi bu bayonotni mintaqada keskinlik saqlanib qolayotgan bir paytda berdi. So‘nggi oylarda Tehron va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar xavfsizlik, sanksiyalar va mintaqaviy mojarolar fonida yanada taranglashgan.

Qaynoq24.uz Tehron AQSh va Isroilning yangi zarbalariga javob qaytarishini bildirgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.