“Drujba” orqali Qozog‘iston nefti yetkazib berilishi to‘xtatiladi

Foto: Depositphotos
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Drujba” neft quvuri orqali Qozog‘iston neftini Germaniyaga yetkazib berish to‘xtatilishini izohladi.

Unga ko‘ra, yetkazib berishdagi uzilish texnik sabablarga bog‘liq. Peskov Rossiya Qozog‘iston manfaatlarini to‘liq inobatga olishini ta’kidladi.

“Bu texnik masala. Hamkorlar uchun zarur hajmlar boshqa logistika yo‘nalishlari orqali ta’minlanadi”, — dedi u.

Shu mazmundagi bayonotni Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Alexandr Novak ham tasdiqladi. U o‘zgarishlar 1-maydan kuchga kirishini ma’lum qildi.

Avvalroq OAVda “Drujba” orqali Qozog‘iston neftini Germaniyaga yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu yo‘nalish orqali kuniga 200 ming barrelgacha neft eksport qilinadi. Qozog‘iston energetika vaziri Yerlan Akkenjenov bu haqda dastlab norasmiy manbalardan xabardor bo‘lganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni texnik imkoniyatlar yetishmasligini sabab sifatida keltirmoqda.

Vazir ehtimoliy sabab sifatida infratuzilmaga zarba berilganini ham istisno etmadi. Yetkazib berish bir oyga to‘xtatilishi mumkin. Qozog‘iston tomoni eksport hajmlarini boshqa yo‘nalishlarga qayta taqsimlashni rejalashtirmoqda. Bu yil “Drujba” orqali taxminan 3 mln tonna neft yetkazilishi kutilgan edi.

Qaynoq24.uz Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashishi neft narxlarining rekord darajagacha oshishiga olib kelishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.