17-iyun kuni oltin quymalari qanday narxda sotiladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 17-iyun uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quymaning sotish narxi 9 mln 243 ming so‘mni tashkil qilmoqda.

Markaziy bank ushbu quymani qadog‘i but holatda 8 mln 266 ming so‘mga, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa ekspertizadan so‘ng 8 mln 183 ming so‘mga qaytarib sotib oladi.

10 grammli oltin quymaning sotish narxi 18 mln 487 ming so‘m etib belgilandi. Uning qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi 16 mln 533 ming so‘mni, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa 16 mln 366 ming so‘mni tashkil qiladi.

20 grammli oltin quyma 36 mln 973 ming so‘mdan sotilmoqda. Mazkur quymaning qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi 33 mln 66 ming so‘m, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa 32 mln 732 ming so‘m miqdorida belgilangan.

Jadval:

Oltin quyma og‘irligiSotish narxiQadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxiQadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmasa
5 gramm9 243 000 so‘m8 266 000 so‘m8 183 000 so‘m
10 gramm18 487 000 so‘m16 533 000 so‘m16 366 000 so‘m
20 gramm36 973 000 so‘m33 066 000 so‘m32 732 000 so‘m
50 gramm92 433 000 so‘m82 664 000 so‘m81 829 000 so‘m
100 gramm184 867 000 so‘m165 328 000 so‘m163 658 000 so‘m

Markaziy bank xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, oltin quymalar narxlarini kun davomida qayta ko‘rib chiqishi mumkinligini eslatdi.

Qaynoq24.uz 17-iyun kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.