Markaziy bank tomonidan 29-iyun uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammlik oltin quymaning sotish narxi 9 mln 240 ming so‘mni tashkil etmoqda.
Ushbu quymaning qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi 7 mln 785 ming so‘m, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmagan holatda esa texnik ekspertizadan so‘ng 7 mln 707 ming so‘m etib belgilangan.
10 grammlik oltin quymalar 18 mln 480 ming so‘mdan sotilmoqda. Markaziy bank ularni qadog‘i but holatda 15 mln 571 ming so‘mdan, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmagan holatda esa 15 mln 413 ming so‘mdan qaytarib sotib oladi.
20 grammlik quymalarning sotish narxi 36 mln 961 ming so‘mni tashkil qilmoqda. Ularning qaytarib sotib olish narxi qadog‘i but holatda 31 mln 141 ming so‘m, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmagan holatda 30 mln 827 ming so‘m bo‘ladi.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi | Qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish | Qadog‘i buzilgan holatda qaytarib sotib olish |
|---|---|---|---|
| 5 gramm | 9 240 000 so‘m | 7 785 000 so‘m | 7 707 000 so‘m |
| 10 gramm | 18 480 000 so‘m | 15 571 000 so‘m | 15 413 000 so‘m |
| 20 gramm | 36 961 000 so‘m | 31 141 000 so‘m | 30 827 000 so‘m |
| 50 gramm | 92 402 000 so‘m | 77 854 000 so‘m | 77 067 000 so‘m |
| 100 gramm | 184 804 000 so‘m | 155 707 000 so‘m | 154 135 000 so‘m |
Qaynoq24.uz 29-iyun kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.


