Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro D.M. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqarolar B.Y. va Sh.O‘.ni Migratsiya agentligida ishlovchi tanishlari orqali Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan. Ular shu yo‘l bilan 15 500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan. Mazkur mablag‘ning 1 500 AQSH dollari qaytarilgani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Tekshiruv davomida D.M. va uning sheriklari yana 17 nafar fuqaroni Janubiy Koreyaga ketish uchun o‘tkaziladigan imtihonlardan ijobiy o‘tkazib berishni va’da qilgani ham aniqlangan. Buning evaziga ular fuqarolardan jami 159 500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgani aytilmoqda.
Yana bir holatda fuqaro X.X. fuqaro K.A.ni Janubiy Koreyaga ketish uchun o‘tkaziladigan imtihonlardan ijobiy o‘tkazib berishini aytib, 10 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan. Ushbu mablag‘ning 10 000 AQSH dollari qaytarilgani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Samarqand va Buxoroda 87,6 mln so‘mlik qalbaki aksizli mahsulotlar aniqlangani haqida yozgan edi.


