AQSHning sobiq prezidenti Barak Obama amaldagi prezident Donald Tramp uni doimiy nishonga olayotganini aytib, buni “berilib ketish” sifatida baholadi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Obama fikricha, Trampning unga qarshi tanqidlari va shaxsiy hujumlari tasodifiy emas. Sobiq prezident Tramp bunday gaplarni aytayotganda “nima qilayotganini yaxshi bilishini” ta’kidladi.
Sobiq prezidentning aytishicha, odamlar telefon ekrani ortida turib, yuzma-yuz ayta olmaydigan keskin va g‘alati gaplarni bemalol aytadigan bo‘lib qolgan. Uning fikricha, bunday holatlar ko‘pincha jazosiz qolmoqda.
Avvalroq AQSH Milliy razvedkasi Obamani 2016-yilgi prezidentlik saylovlariga Rossiya aralashgani haqidagi ma’lumotlarni soxtalashtirish jarayoniga rahbarlik qilganlikda ayblagan edi.
Shuningdek, sobiq prezident avvalgi chiqishlaridan birida Oq uy Adliya vazirligini prezident ko‘rsatmasi asosida ta’qiblar olib borishga yo‘naltirmasligi kerakligini bildirgan.
Qaynoq24.uz Tramp General Motors va Ford avtomobil konsernlari mudofaa sektori vakillari bilan raketa ishlab chiqarish bo‘yicha muzokara olib borayotganini ma’lum qilgani haqida yozgan edi.


