Tramp: General Motors va Ford raketa ishlab chiqarishi mumkin

Foto: iStock
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

AQSh prezidenti Donald Tramp General Motors va Ford avtomobil konsernlari mudofaa sektori vakillari bilan raketa ishlab chiqarish bo‘yicha muzokara olib borayotganini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, kompaniyalar ayrim zavodlarini qurol-yarog‘ ishlab chiqarishga moslashtirishi mumkin.

Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda General Motors qurol ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap Patriot zenit-raketa majmualari, Tomahawk qanotli raketalari va boshqa turdagi qurollar haqida bormoqda.

“General Motors qurol ishlab chiqarishni boshlashni mamnuniyat bilan kutmoqda. Ularda qayta jihozlanadigan zavodlar bor. Ular Patriot, Tomahawk va boshqa ko‘plab mahsulotlarni ishlab chiqaradi”, — dedi Tramp.

Avvalroq The Wall Street Journal Pentagon avtomobil ishlab chiqaruvchilarga murojaat qilib, qurol ishlab chiqarishni oshirishga harakat qilayotganini yozgan edi. Nashr bu jarayon Ikkinchi jahon urushi davridagi sanoat safarbarligiga o‘xshatilayotganini qayd etgan.

The New York Times esa Eron bilan urush fonida AQShning ayrim muhim qurol zaxiralari, jumladan, Tomahawk, Patriot, Precision Strike va ATACMS raketalari kamayib borayotganini yozgan. Pentagon esa AQSh armiyasida mamlakat va manfaatlarini himoya qilish uchun zarur barcha vositalar borligini bildirgan.

Yevropalik ittifoqchilar ham AQSh qurol zaxiralari kamayishidan xavotirda. Chunki ular Ukrainaga yetkazilishi kerak bo‘lgan milliardlab dollarlik o‘q-dorilar kechikishidan cho‘chimoqda.

Qaynoq24.uz GM uchun Chevrolet Sonic avtomobili nega muhimligi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.