27-iyun kuni ob-havo qanday bo‘ladi

Foto: Kontent markazi
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 27-iyun kuni issiq ob-havo saqlanib qoladi. O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi, 10–12 m/s gacha kuchayishi va ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23–25 daraja, kunduzi 38–40 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 32–37 daraja atrofida bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo kechasi 22–27 daraja, kunduzi esa 37–42 darajagacha isiydi. Toshkent viloyatida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 35–40 daraja bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo kechasi 20–25 daraja, kunduzi 35–40 daraja bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo eng issiq hududlardan biri bo‘ladi. Ushbu viloyatlarda harorat kechasi 23–28 daraja, kunduzi 38–43 darajagacha ko‘tariladi. Shamol ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 35–40 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 25–30 daraja bo‘ladi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.