Eronda qurolli to‘qnashuvda olti kishi halok bo‘ldi

Foto: Unsplash
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Eron g‘arbida xavfsizlik kuchlari va qurolli guruh a’zolari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Eron Inqilobiy gvardiyasi korpusi ma’lumotiga ko‘ra, otishma oqibatida olti nafar “terrorchi” yo‘q qilingan.

Hodisa G‘arbiy Ozarbayjon viloyatining Pironshahr hududida sodir bo‘lgan. Eron tomoni qurolli guruh Demokratik Kurdiston partiyasi bilan aloqador bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

Bu haqdagi bayonot Eron Inqilobiy gvardiyasi korpusi tomonidan e’lon qilindi, ma’lumotni Fars agentligi tarqatdi. Hozircha to‘qnashuv tafsilotlari, qurolli guruhning aniq tarkibi yoki xavfsizlik kuchlari orasidagi yo‘qotishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Avvalroq, 29-iyun kuni Kirmonshoh viloyatining Pova shahrida sodir etilgan qurolli hujum oqibatida Eron Inqilobiy gvardiyasining ikki xodimi halok bo‘lgani xabar qilingan edi.

Qaynoq24.uz nashri AQSH Eronga Hormuz boji rejasidan voz kechishni taklif qilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.