Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasini boshqarishga tayyorligini bildirdi

Foto: Instagram
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Germaniyalik taniqli murabbiy Yurgen Klopp Germaniya futbol terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallashga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Bayonot Germaniya terma jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionatidagi omadsiz ishtiroki va bosh murabbiy Yulian Nagelsmanning iste’fosidan so‘ng yangradi.

Klopp MagentaTV telekanaliga bergan intervyusida hozircha Red Bull bilan amaldagi shartnomasi borligini, biroq Germaniya futbol ittifoqi bilan muzokaralar o‘tkazishga qiziqish bildirayotganini aytdi.

«Men hali ham Red Bull bilan shartnoma asosida ishlayman va shartnomaviy majburiyatlarimni bajarishga odatlanganman. Ammo muzokaralarga qiziqaman»,

degan mutaxassis.

Uning fikricha, Germaniya futboli hozir muhim burilish nuqtasida turibdi va mavjud muammolarni hal qilish uchun faqat murabbiy almashishi yetarli emas.

«Bu muammolar Yulian Nagelsman shaxsiga bog‘liq emas. Vaziyatni o‘nglash uchun ko‘p narsani tubdan o‘zgartirish kerak»,

dedi Klopp

Germaniya futbol ittifoqi Yulian Nagelsmanning iste’fosidan so‘ng aynan Klopp bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingan. Murabbiy 2024-yil o‘rtalarida o‘z tashabbusi bilan “Liverpul”ni tark etgan, 2025-yil yanvaridan esa Red Bull kompaniyasining global futbol bo‘limiga rahbarlik qilib kelmoqda.

59 yoshli Klopp murabbiylik faoliyati davomida Dortmundning “Borussiya”si va “Liverpul” bilan milliy chempionliklarni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, “Liverpul” boshqaruvida UEFA Chempionlar ligasi va FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham g‘olib chiqqan.

Foto: Instagram

Yulian Nagelsman esa 2023-yildan buyon Germaniya terma jamoasini boshqarib kelayotgandi. Uning qo‘l ostida jamoa Yevro-2024 musobaqasida chorak finalgacha yetib borgan, biroq 2026-yilgi Jahon chempionatida 1/16 final bosqichidayoq Paragvayga penaltilar seriyasida 3:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi. Shundan so‘ng mutaxassis iste’fo berishga qaror qilgan.

Qaynoq24.uz Joze Mourinyo «Benfika» klubi bilan xayrlashgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.