Medvedev AQSh bilan urushni Eron uchun «eng og‘ir sinov» deb atadi

Foto: Ochiq manba
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Eron AQSh bilan urush davrida «eng og‘ir sinov»dan munosib o‘tganini aytdi. U bu haqda Tehronda jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.

U 4-iyul kuni Eronning sobiq oliy rahbari Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimida ishtirok etdi. Rossiyalik siyosatchi Tehronning so‘nggi harakatlarini sharhlar ekan, Eron murakkab geosiyosiy vaziyatda «jasorat va katta kuch» namoyish etganini ta’kidladi.

«Men yaqinda Eron haqiqiy yadroviy qurol o‘rniga o‘zida undan kuchsiz bo‘lmagan boshqa qurolni — Hormuz bo‘g‘ozini topganini aytgandim»,

degan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Hormuz bo‘g‘ozi xalqaro maqomi murakkab hudud hisoblanadi. Bu holat bir tomondan Eron, boshqa tomondan Ummon bilan bog‘liq bo‘lib, bo‘g‘oz orqali kemalar qatnovi qanday amalga oshirilishi masalasini ham o‘z ichiga oladi.

Medvedevning fikricha, Tehron ushbu omildan siyosiy va strategik bosim vositasi sifatida foydalana olgan. U Eron nazorat ostidagi ushbu yo‘nalish orqali o‘z pozitsiyasini kuchaytirganini bildirdi.

Avvalroq u Finlyandiya hukumatining mamlakat hududida yadroviy qurolni olib kirish va saqlashga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish qaroriga ham munosabat bildirgan edi. U bunday holatda Finlyandiya hududi Moskvaning yadroviy nishonlari xaritasiga kiritilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Qaynoq24.uz Erondagi qurolli to‘qnashuvda olti kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.