Samsung Galaxy S27 Ultra kattaroq batareya bilan sinovdan o‘tmoqda

Foto: Ochiq manba
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Samsung Galaxy S27 Ultra smartfonini 5 600 va 5 800 mA/soat sig‘imli akkumulyatorlar bilan sinovdan o‘tkazayotgani aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya yangi flagman uchun Samsung SDI tomonidan ishlab chiqilgan bir nechta batareya variantlarini tekshirmoqda.

Galaxy S20 Ultra modelidan beri Samsung Ultra seriyasida asosan 5 000 mA·soat sig‘imli batareyadan foydalanib kelmoqda. Kompaniya Note 7 bilan bog‘liq muammolardan so‘ng xavfsizlik va qurilma qalinligini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratgan. Biroq raqobatchilar, jumladan Apple, yirik batareyali flagmanlar bilan bu yo‘nalishda bosimni kuchaytirmoqda.

Insayder ma’lumotlariga ko‘ra, Galaxy S27 Ultra uchun 5 600 va 5 800 mA·soatli batareyalar sinovdan o‘tkazilmoqda. Shuningdek, 5 200 mA·soatli oddiyroq variant ham muhokama qilingani aytiladi. Batareyalarda yangi kremniy-uglerod texnologiyasi emas, balki an’anaviy litiy-ion kimyosi qo‘llanmoqda. Bu Samsung barqarorlik, xavfsizlik va narxni nazorat qilish uchun sinovdan o‘tgan texnologiyaga tayanayotganini ko‘rsatadi.

Agar sinovlar muvaffaqiyatli yakunlansa, Galaxy S27 Ultra 5 500 mA·soatdan yuqori batareya bilan chiqishi mumkin. Bu uzoq yillardan beri Ultra seriyasida kattaroq akkumulyator kutayotgan foydalanuvchilar uchun muhim yangilik bo‘ladi.

Hozircha bu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan. Galaxy S27 seriyasi taqdimotigacha hali vaqt bor va yakuniy texnik xususiyatlar o‘zgarishi mumkin. Shunga qaramay, kattaroq batareya, kutilayotgan yangilangan kamera bloki va Privacy Display funksiyasi bilan birga, Galaxy S27 Ultra’ni Samsung‘ning eng muhim flagmanlaridan biriga aylantirishi mumkin.

Qaynoq24.uz Samsung’ning eng “yomon” smartfonlari haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.