Markaziy bank tomonidan 10-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 7,46 so‘mga qimmatlab, 12 012,21 so‘mni tashkil etdi.
Yevro kursi 39,74 so‘mga oshib, 13 731,16 so‘mga yetdi. Rossiya rubli 1,03 so‘mga ko‘tarilib, 158,14 so‘m etib belgilandi. Britaniya funt sterlingi 94,04 so‘mga qimmatlab, 16 111,98 so‘mni tashkil qildi. Yaponiya iyenasi 0,08 so‘mga oshib, 73,97 so‘mga yetdi.
Shveysariya franki 31,33 so‘mga ko‘tarilib, 14 886,86 so‘m bo‘ldi. Xitoy yuani esa 2,63 so‘mga oshib, 1 768,09 so‘m etib belgilandi.
Qaynoq24.uz 9-iyul kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.


