Markaziy bank tomonidan 20-iyul uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 100 grammli oltin quyma 183 mln 774 ming so‘mdan sotilmoqda.
Eng kichik, 5 grammli oltin quymaning sotuv narxi 9 mln 189 ming so‘m etib belgilandi. 10 grammli quyma 18 mln 377 ming so‘m, 20 grammli quyma 36 mln 755 ming so‘m, 50 grammli quyma esa 91 mln 887 ming so‘mdan sotilmoqda.
Markaziy bank oltin quymalarni qaytarib sotib olishda ularning qadoqlanish holatini ham hisobga oladi. Qadog‘i but saqlangan 5 grammli quyma 7 mln 696 ming so‘mga, 10 grammli quyma 15 mln 392 ming so‘mga, 20 grammli quyma 30 mln 785 ming so‘mga qaytarib sotib olinadi. 50 grammli quyma uchun 76 mln 961 ming so‘m, 100 grammli quyma uchun esa 153 mln 923 ming so‘m to‘lanadi.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi | Qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish | Qadog‘i buzilgan holatda qaytarib sotib olish |
|---|---|---|---|
| 5 gramm | 9 189 000 so‘m | 7 696 000 so‘m | 7 618 000 so‘m |
| 10 gramm | 18 377 000 so‘m | 15 392 000 so‘m | 15 237 000 so‘m |
| 20 gramm | 36 755 000 so‘m | 30 785 000 so‘m | 30 474 000 so‘m |
| 50 gramm | 91 887 000 so‘m | 76 961 000 so‘m | 76 184 000 so‘m |
| 100 gramm | 183 774 000 so‘m | 153 923 000 so‘m | 152 368 000 so‘m |
Qaynoq24.uz 20-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.


