Huawei kompaniyasining Huawei Mate 80 turkumidagi flagman smartfonlari savdosi 8 mln donadan oshgani taxmin qilinmoqda. Bu haqda Gizchina ma’lum qildi.
Bozor ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu natija qurilmalar savdoga chiqarilganidan bir necha oy o‘tganiga qaramay, ularga talab yuqori bo‘lib qolayotganini ko‘rsatadi.
2026-yilning 29-haftasi yakunida Huawei Mate 80 turkumidagi smartfonlar savdosi qariyb 7,92 mln donaga yetgan. Qurilmalar haftasiga 100 ming donadan ortiq sotilayotgani hisobga olinsa, turkum o‘tgan hafta davomida 8 mlnlik marradan oshgan bo‘lishi mumkin.
Mate 80 smartfonlari savdosi taqdimotdan keyingi dastlabki yuqori talab bilangina cheklanib qolmadi. Turkum uzoq vaqt davomida barqaror natija ko‘rsatib, Huawei’ning Xitoydagi premium smartfonlar bozoridagi mavqeyini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Savdo ko‘rsatkichlari asosan Xitoy bozoriga tegishli. Shunga qaramay, 8 mln donalik natija Huawei brendiga bo‘lgan talab va mijozlar sodiqligi yuqori ekanini ko‘rsatmoqda. Mate turkumi kompaniyaning eng muvaffaqiyatli flagman mahsulotlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Huawei Mate 80 turkumining sotuv sur’ati hozirgi darajada saqlansa, keyingi avlod Mate smartfonlari taqdim etilguniga qadar natija yanada oshishi mumkin. Kompaniya 8 mln donalik ko‘rsatkich bo‘yicha hozircha alohida rasmiy bayonot bermagan.
Qaynoq24.uz Huawei Mate 90 sentabrda taqdim etilishi mumkinligi haqida yozgan edi.


