Poco M8 Power qanday imkoniyatlarda chiqadi

Foto: Poco
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Poco kompaniyasi yangi Poco M8 Power smartfonining asosiy xususiyatlarini oshkor qildi. Qurilma 4-avgust kuni Hindistonda rasman taqdim etiladi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Smartfonning asosiy ustunligi 8 000 mA/soat sig‘imli batareya bo‘ladi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, qurilma bir marta quvvatlanganda uch kungacha ishlashi mumkin. Biroq quvvatlash tezligi va batareyaning real ishlash muddati haqidagi batafsil ma’lumotlar hozircha e’lon qilinmagan.

Poco M8 Power AMOLED displey bilan jihozlanishi ham rasman tasdiqlandi. Ekranning o‘lchami, aniqligi va yangilanish chastotasi hozircha noma’lum.

Kompaniya e’lon qilgan tizerda smartfonning to‘q sariq rangdagi versiyasi namoyish etilgan. Qurilmaning orqa panelida bo‘rtib chiqqan kamera moduli joylashgan bo‘lib, uning chap tomonida kamera sensorlari va LED chirog‘i, o‘ng tomonida esa mikrofon, «50MP AI Camera» yozuvi va Poco logotipi mavjud.

Yangi model M8, M8 Pro va M8s qurilmalaridan iborat Poco M8 turkumini to‘ldiradi. Avval tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Poco M8 Power Xitoyda taqdim etilgan Redmi Note 17 smartfonining boshqa nom ostidagi versiyasi bo‘lishi mumkin. Kompaniya bu ma’lumotni hozircha tasdiqlamagan.

Poco M8 Power’ning protsessori, xotira variantlari, kameralar tizimi va narxi 4-avgustdagi taqdimotda ma’lum qilinishi kutilmoqda.

Qaynoq24.uz Poco C85 5G qanday xususiyatlar bilan chiqqani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.