2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 97 ta xorijiy kompaniya jami 143,8 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 84 foizga oshgan.
Eng ko‘p soliq Apple kompaniyasi tomonidan to‘langan — 33,6 mlrd so‘m. Google 33,3 mlrd so‘m, Meta esa 28,9 mlrd so‘m soliq to‘lagan. Keyingi o‘rinlarda 15,8 mlrd so‘m bilan Valve Corporation, 6,3 mlrd so‘m bilan Anthropic va 5,6 mlrd so‘m bilan OpenAI joylashgan.
Shuningdek, Midasbuy O‘zbekiston budjetiga 2,9 mlrd so‘m, Booking.com 2,6 mlrd so‘m, TikTok 1,6 mlrd so‘m va Anysphere 1,5 mlrd so‘m soliq o‘tkazgan. Shunday qilib, eng yirik o‘nta kompaniya tomonidan to‘langan soliqlar jami 132,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Amaldagi tartibga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotini taqdim etishi va hisoblangan soliqni to‘lashi kerak.
Qaynoq24.uz xodimlarning soliq qarzi 498,7 mlrd so‘mdan oshgani haqida yozgan edi.


