Madrid shahrida ijara narxlari sabab yirik norozilik bo‘ldi

Foto: Richard Zubelzu/ZUMA
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Madridda o‘n minglab odam uy-joy ijarasi narxlari oshishiga qarshi namoyishga chiqdi. Aksiya tashkilotchilari hukumatdan ijara bozorini tartibga solishni talab qilmoqda.

Madridda 24-may kuni uy-joy ijarasi narxlari oshishiga qarshi yirik norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Namoyishni Madrid ijarachilar uyushmasi tashkil qildi.

Aksiya tashkilotchilariga ko‘ra, mitingda 80 mingdan 100 minggacha odam qatnashgan. Rasmiylar esa namoyishchilar sonini 23 ming kishi deb baholagan.

Namoyish Atocha vokzali yaqinidan boshlandi. Ishtirokchilar «Uy-joy hayotimizga qimmatga tushmoqda. Narxlarni pasaytiramiz» degan shior ostida yurish qildi. Namoyishchilar bir nechta asosiy talablarni ilgari surdi. Ular muddatsiz ijara shartnomalarini qaytarishni so‘radi. Shuningdek, ijara narxlarini pasaytirish talab qilindi.

Foto: Victor Cheretskiy/DW

Aksiya ishtirokchilari Madrid aholisi uchun eng kam ish haqi va pensiyalarni 1,5 ming yevrogacha oshirishni ham taklif qildi. Madrid ijarachilar uyushmasiga ko‘ra, so‘nggi besh yilda shaharda ijara narxlari 50 foizdan ko‘proqqa oshgan. Hududda kvartiralarning o‘rtacha ijara narxi oyiga 1,5 ming yevrodan yuqori.

Uyushma ayrim oilalar daromadining 70 foizdan ortig‘ini ijara uchun sarflayotganini ta’kidlamoqda. Ular bu holatda ko‘chmas mulk egalari, investitsiya fondlari va agentliklarni ayblamoqda. Tashkilotchilar fikricha, amaldagi tizim uy-joyni oddiy aholi uchun qimmatlashtirmoqda. Ular hukumat bu jarayonga yetarlicha aralashmayotganini aytmoqda.

Qaynoq24.uz Ispaniya Yevropa Ittifoqi–Isroil kelishuvini bekor qilishni taklif qilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.